Muhammad Voris

Muhammad Voris (17-a.) — tarixchi va adib. Avrangzeb davri- da yashagan. M. V. «Shoh Jahonnoma» («Shohjahon davri tarixi») va «Zubdat ul-hikoyot» («hikoyalar sarasi») nomli fors tilida yozilgan asarlar muallifi. «Zubdat ul-hikoyot» bir necha tarixiy asarlar («tarixi Tabariy», Muhammad Avfiyning «Lubob ul-albob», «Bobur- noma», Abulfazl Allomiyning «tari- XI Akbarshohiy» va b.) asosida yozilgan bo’lib, undagi hikoyalarning ko’pchiligi Avrangzebga bag’ishlangan. «Zubdat ul- hikoyot»ni Ogahiy o’zbek tiliga tar- jima qilgan. Bu asar O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanmoqda.