Muhammadiev Avliyoxon

Muhammadiev Avliyoxon (1906.16.8, Marg’ilon — 1988.21.10, Farg’ona) — gidrobiolog olim, Uzbe- kiston FA akad. (1968), Uzbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1966), bio- logiya fanlari D-ri (1959), prof. (1960). Urta Osiyo untining tayyorlov bo’limini (1931), Farg’ona pedagogika in-tini (1934) tugatgan. Shu in-t kimyo va biol. kafedralarida assistent (1935-36), katta o’qituvchi (1937-39), zoologiya ka- fedrasi mudiri (1939-1979), Uzbekiston FA Zoologiya in-ti gidrobiologiya va ixtiologiya lab. mudiri (1979— 1981), Farg’ona pedagogika in-ti zoologiya va umumiy biol. kafedrasi prof. (1981— 88). Uzbekiston gidrobiologiya jami- yati raisi (1969-84). M.ning ilmiy ishlari Urta Osiyo suv xavzalari ti- pologi-yasi, qisqichbaqasimonlar eko- logi-yasi, sistematikasi va zoogeogra- fiyasini o’rganishga bag’ishlangan. Suv havzalaridan unumli foydalanishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan. Farg’-ona va Marg’ilon shaharlaridagi ko’chalardan biriga, Farg’ona davlat unti tabiiyot f-tiga uning nomi berilgan As: materiali k gidrobiologii riso- VIX poley Ferganskoy dolini, T., 1969; Gidrobiologiya vodoyomov Ferganskoy dolini, T., 1967; umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi, T., 1964; 1976; Rakoobraznie vodoyomov Ferganskoy dolini, T., 1986; Tabiat muhofazasi va ekologiya, T., 1986 (hamkorlikda).