Muhammadjonov Zikir
Muhammadjonov Zikir (Zo- kir) (1921.1.1, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1962). O’zbekiston Qahramoni (2003). Toshkent teatr va ras- somlik san’ati in-tini tugatgan (1949). 1938 y.dan Hamza teatri (hoz. O’zbek milliy akademik drama teatri)da AK- tyor. 1977-82 y.lar O’zbekiston teatr arboblari uyushmasining raisi. M. keng qamrovli aktyor bo’lib, spektaklda, kino va televidenieda jahon dramaturgiyasi- ning mumtoz namunalarida, o’zbek adi- blarining umuminsoniy mavzularidagi asarlarida obrazlarni maxrrat b-n yarat- gan. Ferdinand («makr va muhabbat»), Jaloliddin («Jaloliddin Manguber- Di»), Abdullatif («Mirzo Ulug’bek»), Navoiy («Alisher Navoiy»), Gorasio («Hamlet»), Kassio («Otello»), Furqat («Furqat»), edi-gey («asrga tatigulik kun»), Samandar («Samandar»), Sinta- ro («o’g’irlangan umr»), Oktaviya Tsezar («Yuliy Tsezar»), Dehqonboy (Shoqi so’zana»), Jabborov («parvoz»), Yusuf- bek hoji («o’tgan kunlar»), Beruniy («Abu Rayxrn Beruniy») kabi rollarida M.ning o’ziga xos ijod nafasi ovozdagi jo’shqin ehtiros, fikran teranlik va VAZ- minlik b-n to’ldirilib, imkoniyat kuchi namoyon bo’lgan. M. bir qancha filmlar- da (Maksud, «fidoyi»; prof. Karimov, «Koniyut g’orining siri»; Shoh Baxrom, «Dilorom»; Junaidxon, «uzoq-yaqin yil- lar»; Yusuf, «Alibobo va qirq qaroqchi» va b.) ham suratga tushgan. Ayniqsa, «General Rahimov» filmidagi Sobir Raximov roli aloxdda o’rin tutadi. Ge- neralga xos jo’shqinlik, shijoat, Jasur- lik, bag’ri kenglik M. ijrosida o’z aksi- ni to’la topa olgan. Aktyor videofilm va telespektakllarda qam bir qancha ob- razlar yaratgan: Ulug’bek («Ulug’bek xazi- nasi»), Husayn Boyqaro («Alisher na- voiy»), Isomiddin aka («er farzandi»), prof. Komilov («imon») va b. shular jumlasidan. Bir qancha chet el filmla- rida ham suratga tushgan. M. yaratgan ob- razlar kuchli psixologik dramatizmi, ro- mantik ko’tarinkiligi b-n ajralib tura- Di. «Shuxrat» medali (1994), «Do’stlik» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari b-n takdirlangan. As: Ta’zim, T., 1996; o’zim ko’rgan va bilganlarim, T., 1998; ulug’lar orasida, T., 2003. Toshpo’lat Tursunov.