MUHAMMADRASUL RASULIY

MUHAMMADRASUL RASULIY (1884 — Toshkent — 1935) — o’zbek ma’ri-fatparvari, pedagog. Toshkent- dagi Beklarbegi madrasasida o’qigan. 1907 y.dan rus-tuzem maktablarida dars bergan. 1917 y.dan keyin maktablarda o’qituvchilik qilgan, savodsizlikni tu- gatishda faol ishtirok etgan. Rus-tuzem va yangi usuldagi maktablar uchun dars- liklar («rahbari forsiy», «qiroati forsiy yoxud muntaxabi Guliston», «bo- lalar bog’chasi») yozgan. «Rahbari forsiy» kitobi (1911, 1914, 1917 y.larda nashr etilgan)da fors tili qoidalari o’zbek tilida bayon qilingan. «Qiroati forsiy yoxud muntaxabi Guliston» (1916) xre — stomatiya kitobida qisqaqisqa forscha matnlar 56 darsga bo’lib berilgan, ba’- zi forscha so’zlarga O’zbekcha izoh yozilgan. «Bolalar bog’chasi» Alifbe kitobi bo’lib, tovush usulida tuzilgan. Uning 2nashri 1917 y. Toshkentda chiqqan. Bu darslikda K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, sm. Grame- niskiyning o’quv kitoblaridan tarji- malar berilgan.