Muharram
Muharram (arabcha-taqiqlangan, muqaddas)-qadimgi arablarning Oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy yil hisobida birinchi oy. Muharram islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar o’rtasidagi urush-janjallar va qon to’kishlar taqiqlangan. Bu Muharram oyining nomidan ham ko’rinib turadi. Muharram oyining birinchi o’n kunida shialar imom Husaynni yodlab motam tutadi, turli diniy marosimlar o’tkazadi.