Muhsiniy

Muhsiniy (taxallusi; asl ism- sharifi Husaynqul Sulaymonqul o’g’li) (1860—Qo’qon)-1917) — shoir, tarji- mon va xattot. O’zbek va fors tillarida ijod qilgan. Mirzo Yodgor va hokim- oyim madrasalarida tahsil ko’rgan. Ma- drasada o’qib yurgan yillarida Muqimiy va Furqat b-n tanishadi. M.ning 4 ta she’riy devoni bor. U Sharq mumtoz ada- biyotining g’azal, mustazod, mu-xammas, qasida, ta’rix, ruboiy, masnaviy, mu- saddas, tarje’band kabi janrlarida qalam tebratgan. Uning «Riyoz ul-anom Fi musobih uzzalom» nomli falsafiy, axloqiy dostonida insoniy va ilohiy muhabbat, ilmma’rifat, hunar va fazl ahlini ulug’lash o’z aksini topgan. Ko’pgina she’rlarida Turkistonning cho- rizm tomonidan asoratga solinayotgani, xalqning qadrqimmati, dini, diyonati poymol qilinayotganidan noroziligi ifodalangan. Xalq va mamlakatning jaholat, razolatdan chiqishida ilmma’- Rifat asosiy najot ekanligini tushun- gan va targ’ib qilgan. M. Bedilnpt «Devon»i va Fuzuliy- ning «Layli va Majnun» asarlarini ko’chirgan. «Layli va Majnun» dostoniga miniatyuralar ishlagan. Mashhur fayla- suf olim Mavlono Yusuf K,orabog’iyning «Haft behisht» va tarixchi Hakimxon To’raning «Muntahab uttavorix» asar- larini fors tilidan o’zbek tiliga tar- jima qilgan. Devonlarining qo’lyozma nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida (inv. №7392), Qo’qon adabiyot mu- zeyida (inv. №1135), qo’qonlik To’xtasin Nuriddi-Nov (shoirning nabirasi)ning shaxsiy kutubxonasida saqlanadi. Ad.: Xoliqov P., Serqirra ijod sohibi, T., 1972; Ne’matov U., Muhsiniyning Muqimiyga bag’ishlangan qasidasi, T., 1977. Usmonjon Ne’matov.