Mujohid

Mujohid (Arab. — e’tiqod uchun, muqaddas ish uchun kurashchi; aynan — jihod urushining ishtirokchisi) — din, Xudo yo’lida jang qiluvchi kishi. Ilk Islomda va o’rta asrlarda M. tu-shunchasi shu ma’noda talqin etilgan. Yirik is- lom ruhoniylari yoki tashkilotlari bi- ror urushni jihod (g’azavot) deb fatvo bergan holdagina shu urush qatnashchilari M.lar hisoblangan. 20-a. boshlarida Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi kurash olib borganlar ham uzla- rini M.lar deb nomlashgan. Hoz. davrda musulmon mamlakatlarida demokratik harakatlarga va millim hukumatlarga qarshi kura-shayotgan turli guruhlar M. nomidan foydalanadilar.