MUKAMMAL BO’LMAGAN RAQOBAT
MUKAMMAL BO’LMAGAN RAQOBAT — sotuvchi va xaridorlarning soni cheklanganligi, bozorga kirish va chiqish qiyinligi, ayrim hollarda umuman mumkin emasligi, bozor agentlari narx darajasi va ishlab chiqarish ko’lamiga tasir eta olishi bilan xarakterlanadigan bozor strukturasi. Uning monopolistik raqobat, oligopoliya va monopoliya turlari mavjud.