Mukofot

Mukofot — bironbir faoli- yat sohasidagi aloxdda yutuklar uchun rag’batlantirish shakli. O’zR da pul va natura ko’rinishidagi, yakka shaxslarga yoki jamoaga beriladigan M.lar mavjud. M.lar o’zining darajasiga ko’ra: davlat M.lari, jamoat birlashmalari va b. no- davlat tashkilotlarining M.lari, kor- xona, muassasalarning o’z xodimlariga beradigan M.lari, xalqaro M.larga; sha- Kliga kura esa — ordenlar, medallar, faxriy unvonlar, qimmatbaho sovrin- lar, pul M.lari va b.ga bo’linadi. Davlat M.lari fuqarolarning mam- lakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, fantexnika, san’at va ada- biyot hamda boshqa soqalarda ulkan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritganligi, taraqqiyotga katta hissa qo’shganligini rasman e’tirof etilishini bildiradi. Davlat M.larining turlari, takdirla- nish shartlari, tartiblari qonunlar va b. rasmiy hujjatlarda belgilab qo’yiladi. O’zbekistonda fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Raphon Beruniy) nomi- dagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, badiiy ijod sohasida Ali- sher Navoiy nomidagi O’zbekiston Re- spublikasi Davlat mukofoti, tasviriy va amaliy san’at, xalq hunarmandchiligi soxasida Kamoliddin Behzod nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mu- kofoti, adabiyot va san’at sohasida AB- dulla Qodiriy nomidagi O’zbekiston Re- spublikasi Davlat mukofoti, iqtidorli qizlar uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. «Davlat mu- kofotlari to’g’risida» O’zRning qonuni (1995y. 22 dek.)ga ko’ra, «O’zbekiston Hahramoni» unvoni, O’zRning ordenlari, medallari, faxriy unvonlari va Fax- riy yorlig’i davlat M.lari hisoblanadi (q.O’zbekiston Respublikasining orden va medallari, faxriy unvonlar). Ayrim shaxslarni jamiyat hayotidagi salmoqli hissasini taqdirlash maqsadida jamoat birlashmalari va b. nodavlat tashkilotlarining M.i ham ta’sis etiladi (mas, O’zbekiston yozuvchi- lar uyushmasi, rassomlar uyushmasi yoki b. jamoat birlashmalarining M.lari). Korxona, muassasalarning o’z xodim- lariga beradigan M.lari — mehnat in- tizomkpch mustahkamlashning asosiy h^kuqiy usullaridan hisoblanadi. Kor- xonada xodimlarni M.lash ichki mehnat tartibi qoidalari, M.lashga oid ichki ni- zomlar, boshqa lokal me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. U moddiy va ma’naviy tusda bo’ladi. Moddiy yo’sindagi M.lar jumlasiga qimmatbaho buyum b-n yoki pul ko’rinishida beriladi- gan M.lar kiradi. Pul M.i korxonada ish qaqi to’lash tizimida nazarda tutilgan (ish natijasiga ko’ra muntazam berib bo- riladigan) va ish haqi tizimida nazar- da tutilmagan (bir martalik) M.larga bo’linadi. Ish haqi to’lash tizimida na- zarda tutilgan (shu jumladan, korxona yillik ish natijalariga ko’ra tulanadi- gan «o’n uchinchi» va hatto «o’n to’rtinchi» oylik deb ataluvchi) M.larni berish mezonlari, shartlari, tartiblari kor- xonaning bevosita o’zida ish beruvchi to- monidan xodimlar vakillik organi b-n kelishib tasdikdanadigan ichki me’yoriy hujjatlar b-n belgilanadi. Korxona- larda tashakkur e’lon qilish, hurmat kitobiga nomini yozish, korxona faxriy unvonlarini berish va h.k. shakllardagi ma’naviy rag’batlantirishlardan foy- dalanilishi mumkin. Xodimlarni mu- kofotlashda Qar bir xodimning korxona yutug’iga qo’shgan qissasini alohida va munosib baholash ish samaradorligini oshirishga ta’sir qiladi. Xalqaro M.lar — xalqaro tashki- lotlar, jamg’armalar, xorijiy xususiy shaxslar tomonidan muayyan sohada olam- shumul ahamiyat kasb etuvchi yutuklarga erishgan kishilarni taqdirlash (pul yoki maxsus unvonlar, xalqaro grantlar va b. berish) uchun ta’sis etiladi (mas, No- bel mukofoti, YUNESKO xalqaro M.i va h.k.). Yo’ldosh Tursunov.