Mulk ijarasi

Mulk ijarasi — haq evazi- ga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish. Ushbu munosabatda 2 mustaqil taraf — ija- raga beruvchi (ya’ni, mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan shaxs) va ijaraga oluv- chi qatnashadi. Ular o’rtasida M.i. shar- tnomasi tuziladi. M.i.dan ijaraga beruvchi ham, ijaraga oluvchi ham man- faatdordir. Ijaraga beruvchi muayyan xaq (daromad) oladi, ijaraga oluvchi xam undan maqsadga muvofiq ravishda foyda- lanib, daromad oladi. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda topshirishi lozim. Mol- mulkni topshirishga tayyorlash, topshi- rish dalolatnomasini tuzish va imzo- lashga takdim etish ijaraga beruvchining burchi bo’lib, uning hisobidan amalga oshiriladi. Ijaraga oluvchi mol-mulkni yaxshi holda saqlashi, o’z hisobidan jo- riy ta’mirlashi va saqlash bo’yicha boshqa xarajatlarni qilishi lozim (agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgi- lanmagan bo’lsa). M.i. shartnomada ko’zda tutilgan muddatga tuziladi. Agar shar- tnomada muddat ko’rsatilmasa, u nomuay- Yan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni 1 oy oldin, ko’chmas mulk ijarasida esa — 3 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istalgan paytda shartnomadan voz ke- chishi mumkin. M.i. shartnomasi bekor bo’lgandan keyin ijaraga oluvchi ija- raga beruvchiga mol-mulkni o’ziga top- shirilgan holatda, normal eskirishini hisobga olib yoki shartnomada kelishil- gan holatda qaytarishi lozim. Ayni vaqtda ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosini to’lagan holda mulk huquqini ham qo’lga kiritishi mumkin. M.i.ning prokat, transport vositalari, binolar va inshootlar ijarasi, korxo- nalar ijarasi, lizing (moliya ijarasi) kabi turlari farklanadi. Mirodil Baratov.