Multiplikator

Multiplikator — 1) mashi- na valining aylanishlar chastotasini (sonini) oshirish uchun mo’ljallangan qurilma. Kuchaytiruvchi tishli uzatma- lardan iborat. Alohida mexanizm tarzi- da tayyorlanadi. Mashina valining ayla- nishlar chastotasi muayyan opera-tsiyani bajarish uchun etarli bo’lmagan hollarda M.dan foydalaniladi. M. asosan turli sinov ishlarida, lab.da qo’llanadi; 2) suyuklikning bosimini oshirish uchun mo’ljallangan gidravlik qurilma. Bir- biriga tutashtirilgan ikki tsilindrdan iborat (raem). Tsilindrlardan biri yuqori bosimga, ikkinchisi past bosimga mo’ljallanadi. Past bosim tsilindrida katta diametr (D) li porshen joylash- gan. U yuqori bosim tsilindrida joy- lashgan kichik diametr (d) li plunjer b-n biriktirilgan. Ish tsilindriga bo- radigan bosim R dan -g — marta (40-60 marta) katta bo’ladi. M. gidravlik pres- slarda, pnevmogidravlik kuchaytirgich- larda qo’llanadi.