Mum

Mum — 1) hayvon yoki o’simlik mahsuloti bo’lgan yog’simon modda, aso- san, yuqori yog’kislotalarning murakkab efirlari va yuqori molekulyar spirt- lardan iborat. M. — amorf, plastik, qizdirilganda oson yumshaydigan modda, 40-90° orasida suyuklanadi. M.ning qazilma xillari ham bo’ladi. Asalari mumi, qo’y juni yuvilganda chiqadigan M., kashalot yog’idan olinadigan sperma- tset hayvon mahsuloti M.iga, Braziliya palmasi bargidan olinadigan karnau- ba, kandelil, palma mumi va b. o’simlik mahsuloti M.iga, ozokeritni tozalab olinadigan tserezin, qo’ng’ir ko’mir yoki torfdan ajratiladigan Montan M.i qazilma M.iga kiradi. Sanoatda sinte- tik M. ham ishlab chiqariladi. Hayvon mahsulotidan olingan, qazilma va sin- tetik M.lar texnikada ishlatiladi. O’simlik M.i o’simliklarda suv reji- mini tartibga solishda muxim biologic funktsiyani bajaradi. M. dan amaliy va tasviriy san’atda ham foydalaniladi; 2) asalari mum bezlarida ishlab chika- riladigan yog’simon suyuklik (q. Asalari mumi).