Munchoqtepa

Munchoqtepa — qal’a xaroba- si (mil. 2-3-a.). Namangan — Qo’qon t.y.ning Urganjiy st-yasidan 1,5 km shim.-Sharqda, qum barxanlari orasida bino qilingan. M.ning uz. 94 m, eni 82 m, bal. 10 m. M.ning atrofida chuqur xandaq izi, Jan.-Sharqiy burchagida qal’a arki xarobalari, shuningdek, sopol idishlar sinig’i, xumdon qoldiklari saqlangan. Bunday buyumlar qal’adan tashqarida, qum barxanlari ustida ham uchraydi. Bu hol M.dan tashqarida ham aholi yashagan- ligidan dalolat beradi. M. 7-8-a.larda Arab istilochilari tomonidan xarobaga aylantirilgan.