Munofiqlik

Munofiqlik — so’zi bilan ishi bir-biriga to’g’ri kelmaslik, nosamimiylik, ikkiyuzlamachilikni, so’zidan qaytishni ifodalovchi salbiy axloqiy sifat. Halollik, to’g’rilik, samimiylik tushunchalariga zid. Qur’onda tilida imon keltirib, dilida kofir bo’lib qolgan kishilarning munofiq ekanliklari ta’kidlanadi (munofiqun surasi).