Munojot

Munojot (Arabcha — maxfiy suhbat, iltijo) — islomdagi farz namozlardan tashqari, ixtiyoriy ravishda o’qiladigan namozlar. Har qanday dindorning ixtiyoriy Xudoga iltijo va ibodat qilishi ham Munojot hisoblanadi. Bunday namoz va ibodatlar ko’pincha kechalari ado etilgan. Munojot faqat namoz ichida bo’lishi shart emas. Munojotni Allohga iltijo qilib, duo ko’rinishida hamma vaqt ham qilish mumkin.