Munojot

Munojot — Sharq mumtoz adabi- yotining an’anaviy unsurlaridan biri. Odatda, M.da najot umidi, tavba va ilti- jolar Tangriga otashin murojaat shakli- da ifodalanadi. M. ko’proqepik hamda li- ro-epik asarlarning bosh — muqaddima qismida Allohga hamd va Payg’ambarimiz Muhammad (sav)ga na’tdan oldin kelti- riladi. M. dastlab musulmon kishining Allohga murojaat etib, o’z hojatlarini so’rashi, yalinib-yolvorishi tarzida yuzaga kelgan. 9— 10-a.lardan boshlab badiiy adabiyotda M. yozish an’ana tusini olgan. M. ba’zan nasriy shaklda va mustaqil asar tarzida ham yozilgan. Alisher Navo- iyning shu nomdagi asari va «Xamsa» do- stonlari tarkibidagi M.lari xayratla- narli asarlardir. M. Namunalari o’zbek epik dostonlarining qariyb hammasida uchrab, asar mualliflarining tasavvu- fiy mayl va e’tiqodlarini ifodalaydi. M. liro-epik asarlar oxirida berilishi ham mumkin.