MUNOSABATLAR

MUNOSABATLAR (siyosiy munosabatlar) — siyosiy hokimiyatni amalga oshirish yoki shu bilan bog’liq tarzda shakllanuvchi ijtimoiy munosabatlarning turi. Ularning ichida: a) sinflar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar ichidagi munosabat; b) boshqaruv organlari faoliyati natijasida vujudga keluvchi vertikal munosabatlar; c) siyosiy tashkilotlar va muassasalar o’rtasida vujudga keluvchi gorizontal munosabatlar ajratiladi. Munosabatlar siyosiy odamlarning siyosiy sohada, davlat ishlarida ishtiroki davomida shakllanuvchi munosabatlar. Odamlar o’zlarining individual, guruhiy yoki umumiy manfaatlarini amalga oshirishlari davomida davlat vositalari, mexanizmlari va resurslaridan foydalanishlari jarayonida siyosiy munosabatlar vujudga keladi. Har qanday ijtimoiy muammo agar u ijtimoiy guruh yoki butun jamiyat manfaati bilan bog’liq bo’lsa va davlat aralashuvini taqazo etsa siyosiy tabiatga ega bo’ladi.