Munshiy, munshi

Munshiy, munshi (arabcha-kotib, ijodkor)-O’rta Osiyo xonliklari davrida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi, yozuv-chizuv ishlarini olib borgan. Munshiy lavozimiga, odatda, ma’lumotli va husnixat kishilargina olingan. Munshiylar olim fozil kishilar bo’lganligi uchun oddiy kotiblardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va amirlarning maktub hamda farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu Munshiylar qalamiga mansub. Munshiy lavozimida bo’lgan kishilar Munshiy so’zini taxallus sifatida o’z nomlariga qo’shib aytishgan (masalan, Iskandar Munshiy, Mirza Muhammad Sodiq Munshiy va boshqalar).