Muntazir

Muntazir (taxallusi; ismi Yusufqori) (1831, Qo’qon — 1889, An- Dijon) — shoir. Qo’qondagi «Madrasai oliy»ni tugatgach, mudarrislik qilgan. U Nizomiy, Hofiz, Navoiy, Bedil asarlarini chuqur o’rgangan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Pisandiy, Muhay-yir, Rojiy Marg’inoniylar b-n yaqindan ta- nishgan, adabiy hamkorlik qilgan. Xudo- Yorxon o’g’li Nasriddinbekni Andijonga hokim etib tayinlaganda, M.ni unga maslahatchi qilib yuboradi (1860). Shu sababli umrining oxirigacha Andijonda yashab ijod qiladi. M. o’zbek va forstojik tillarida yoz- gan zullisonayn shoir sifatida Shuhrat qozongan. Mumtoz she’riyatning an’a- naviy janrlarida ijod qilgan, ko’proq g’azal, muxammas, muvashshah, ruboiylar yozgan. Ularda zamonadan shi-koyat, erk va ma’rifat g’oyalari ifodalangan. M.ning «Bayozi muntazir» she’-rlar to’plami bizgacha etib kelgan. Bayo-zga 800 misra- dan ko’proq she’rlari kirgan. Ad:. Asrlar nidosi, T., 1982; Ahmadjo-Nova F., Adabiyotimizning o’chmas siymolari, T., 1983.