Muomala layoqati

Muomala layoqati (huquqda) — fuqaro yoki yuridik shaxsning o’z xa- rakatlari b-n huquqqa ega bo’lish va o’zi uchun majburiyat yaratish qobiliyati. Fu- karoning M.l. to’la yoki to’la bo’lmagan hajmda bo’lishi mumkin. To’la hajmda M.l.ga shaxs 18 yoshga to’lgach ega bo’ladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan va 14 yoshga to’lmagan voyaga etmaganlarning M.l. to’la hajmda bo’lmaydi. Ushbu yoshdagi voyaga etmaganlar qonunda nazarda tutilgan xa- rakatlarni qonuniy vakillarining ro- ziligi yoki mustaqil ravishda bajarish- lariga yo’l qo’yiladi (q. Voyaga etmagan- lar). Fuqaroning to’la hajmda M.l.ga ega bo’lishi uning o’z xatti-harakatlarining ahamiyatiga baho bera olish, ular qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinli- gini tushunish qobiliyatiga egaligi b-n belgilanadi. Fuqaroning o’z xatti-harakatlarining ahamiyatiga tushunish qobiliyati uning ruqiy jihatdan sog’lom, aqli raso bo’lishiga ham bog’liq. Bunday jihatlarga ega bo’lmagan fuqarolar muo- Malaga layoqatsiz deb hisoblanadi. Hojiakbar Rahmonqulov.