Muqarnas

Muqarnas (arabcha)-me’moriy bezak turi; ravoqli kosa (uya)chalarning ustma-ust joylashishidan hosil bo’ladigan murakkab shakl. Me’morchilikda asosan 4,6,8 burchak bo’lgan mehrob, taxmon, tokcha va boshqalarning tepa qismini gumbaz, yarim gumbaz ko’rinishiga keltirishda, binolar devori bilan shifti oralig’i, ustunlar boshasi va boshqalarni bezatishda keng qo’llaniladi. Dastlab sodda shaklga ega bo’lgan, keyinroq murakkab ko’rinishga kirgan hamda bezak maqsadlarida ishlatila boshlangan. Muqarnasning eng murakkab turi-yuqori Muqarnas; Muqarnasning boshqa turlarida ravoqli kosachalar tomonlari vertikal (tik) tarzda shakllansa, iroqi Muqarnasda qiya bo’lgan holda shakllanadi. Iroqi Muqarnas nisbatan keyinroq-XVI-XVII asrlarda tarqalgan. O’zbekiston hududida Muqarnas ilk bor Tim qishlog’idagi Arab ota maqbarasi (997 yil)da qo’llanilgan.