Murg’ob
Murg’ob — Afg’oniston va Turkma- nistondagi Daryo. Uz. 978 km, xavzasi- ning mayd. 469 ming km2. Afg’oniston hududidagi Paropamiz tog’laridan bosh- lanib, bandi-Turkiston va sa-fedko’h tizmalari oralig’idagi tor vodiydan oqadi. Turkmaniston hududida vodiy kengayadi, bu erda irrigasiya tarmoqlari barpo etilgan. Daryo Qoraqum cho’liga chiqqandan so’ng quruq Delta hosil qiladi. Mari sh.dan yuqoriroqda M.ni Qoraqum kanali kesib o’tgan. Qor, yomg’ir va er osti suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi o’rta oqimida 52m3/sek. Mar- tmay oylarida suvi ko’pa-yadi, qishda Daryo toshadi. Suviningloyqaligi 4500 g/ m3. Irmoqlari: ungda — Obiqaysar, chap- da — Kashan, Kushka. M. suvi sug’orishga sarflanadi. M. bo’yida Yo’lo’tan, Mari, Bayramali sh.lari joylashgan.