Murinak

Murinak g’ori — Samarqand VI- loyati Urgut tumanidagi g’or. Chaqilkalon (Zarafshon) tizmasining shim. yon bag’rida. 2370 m balandlikda joylash- gan. Silur davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning og’zi ravoqsimon, shim.-G’arb tomon ochilgan (eni va bal. 14 m). Uning shipi va devorlaridan har tomonga bir qancha yo’laklar tarqalgan. G’orning sahni ichkariga tomon ko’tarilib boradi, va qalinligi 3-4 m li gil, tosh parchalari b-n qoplangan. G’orda ko’rshapalak va har xil qushlar yashaydi. Shipi va devorlaridan suv tom- chilab turadi. Maxalliy aholi tomoni- dan noqulay obhavo sharoitlarida chorva mollarini saklashda foydalaniladi. G’orning umumiy uz. 41 m, mayd. 1612 m2, hajmi 8187 m3.