Murmansk viloyati

Murmansk viloyati — RF tar — kibidagi viloyat. 1938 y. 28 mayda tash- kil qilingan. Shimoliy iqtisodiy r-nga kiradi. Rossiya Evropa qismining shim.-g’arbida, Kola ya.o. va materikning bir qismida joylashgan. Oq va Barents dengizlari b-n o’ralgan. Fap-Bda Norve- giya va Finlyandiya b-n chegaradosh. Mayd. 144,9 ming km2. Aholisi 1016,6 ming kishi (1998). Asosiy aholisi ruslar (82,3 %), shuningdek, ukrain, Belorus, saamlar, karellar va b. yashaydi. Shahar aholisi 91,8 %. Markazi — Murmansk sh. 5 ma’muriy tumanga bo’lingan. 16 shahar va 16 shaharcha bor. M.v. er yuzasi past tog’lar, qirlar va botiklardan ibo- rat. Kolaya.o.ning mayd. 100 ming km2ga yaqin. Shim. sohili baland, tik, Jan. dagisi past, qiya. Yarim orolning g’arbiy qismida Xibin tog’lari (bal. 1191 m gacha) joylashgan. Markaziy qismida Keyvi suvayirg’ich gryadasi bor. Kola ya.o. Boltiq qalkrnining shim.- Sharqiy chek- kasini tashkil qiladi. M.v. da apatit ru- dalari, glinozem xom ashyosi, nikel va b. bor. Iqlimi Kola ya.o. Janubiy kismida mo»tadil, dengiz iqlimi, shim. kismida subarktik, nisbatan yumshoq. Yanv. Ning o’rtacha t-rasi shim.da -8°, Markaziy qismida -13° gacha, iyulniki shim.da 8° va Markaziy qismida 14°. Yillik yog’in 350 mm dan 1000 mm gacha (tog’li r-nlarda). M.v.da qutb kuni va qutb tuni almashi- nib turadi. Vegetasiya davri 80-130 kun. Ko’p sonli ostonali daryolar va ko’llar bor. Shimoli yo’sinlishaynikli tundra, Jan.rog’i o’rmonli tundra va tay- gadan iborat. Tuproklari, asosan, pod- zol, botqoq, shim.da tundra tuproklari. Yovvoyi hayvonlardan bug’u, Los, rosoma- xa, ayiq, tiyin, suvsar, tulki, oq tulki, ondatra, norka, oq sichqon, quyon yashaydi. Baliq turi ko’p. M.v.da Laplandiya, Kan- dalaksha, Pasvik qo’riqxonalari bor. Konchilik, rangli metallurgiya va baliq sanoatlari rivojlangan. M.v.da dengiz suvi ko’tarilishi (qalqishi) va kayti- shi b-n ishlaydigan Kislaya guba elektr stantsiyasi qurilgan. Yirik GRES bor. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchi- lik (temir rudasi, apatit-nefelin, mis- nikel rudalari), rangli metallurgiya (birlamchi alyuminiy, tozalangan mis, nikel), baliq sano-ati, kimyo (apatit kontsentrati), qora metallurgiya (temir rudapi kontsentrat). Yirik korxonalari — «Severoni-kel», «Pechenganikel» k-tlari (tozalangan mis, nikel, kobalt, oltin-gugurt kislotasi), Kandalak- sha alyuminiy z-Di (birlamchi alyumi- niy), Olenegorsk, Kovdor ruda boyitish k-tlari, «Murmanribprom» korxonasi, «Nerpa» kemaremont z-Di. Kola AES, daryolarida GES kaskadlari bor. Asosiy sanoat shaharlari: Murmansk, apatit, Kandalaksha, Monchegorsk, Kirovsk, Ole- negorsk. Q. x.ningetakchi tarmog’i — chor- vachilik. Krramol (sut-go’shtli zotlari), cho’chqachilik, bug’uchilik, parrandachilik rivojlangan. T.y. 900 km dan ziyod, shun- dan 341 km elektrlashtirilgan. Dengiz transporti muxim rol o’ynaydi. (aso- siy porti — Murmansk). Avtomobil yo’llari — 2 ming km. Aeroport bor. Muntazam havo liniyalari Murmanskiy Moskva, Sankt-Peterburg, Arxangelsk, Petrozavodsk sh.lari b-n bog’laydi. 3 oliy ukuv yurti, Rossiya FA ning Kola filiali, qutb i. t. markazi, dunyoda eng shim. Qutbiy botanika bog’i va b. ilmiy muassasalar mavjud. 2 muzey, 2 teatr, sa- natoriy bor.