Musaboev Muxtor Nabievich

Musaboev Muxtor Nabievich (1929.21.11, Fargona tumani) — haykaltarosh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1976). P. Ben- kov nomidagi Respublika rassomlik bi- lim yurti (1950-55) va Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-ti (1957-63) da ta’lim olgan. M. ijodida realistic uslubga qat’iy amal qilgan holda kompo- zisiyasi aniq, Real nafis shakl, g’oyaviy yorqin asarlar yaratish, hayotiy lavhalar, mehnatkashlar qiyofasini tasvirlash alohida o’rin tutadi: usta Shirin Muro- dov (marmar, 1964, Toshkentda), Ulug’bek (granit, 1968, Samarqandda), Beruniy (bronza, 1973, Toshkentda), Al-Xorazmiy (bronza, 1978 — 81, Urganchda) portret- lari, «Do’stlik» monumenti (bronza, gra- nit, 1987, Nukusda) va b.