Musaev Meli

Musaev Meli (1914.1.1 — Toshkent — 1969.17.12) — teatr rassomi, Uzbeki- ston xalqrassomi (1950). Samarqand ras- somlik bilim yurtida o’qigan (1928-30). 1931y.dan Uzbekiston davlat musikali teatrida ishlagan. Dastlabki yirik ishi — «Farhod va Shirin» (1937, Xurshid) spektaklini (ustozi S.Afanasev b-n hamkorlikda) bezagan. M. yaratgan sahna bezaklari yorqinligi, mahobatli va ta’- sirchanligi, spektakl ruhiga mosligi b-n diqqatga sazovor: «Nargiz» (1939, M.Ma-gomaev), «oq bilak» (1943, S. Va- Silenko), «Gulsara» (1949, T.Sodiqov va R.Glier), «etti go’zal» (1955, q.Qoraev), «Maysaraning ishi» (1959,S.Yuda-kov), M.Ashrafiyning «Dilorom» (1958), «Shoir qalbi» (1967), «Sevgi tumori» (1969, Hamza mukofoti, 1970), «Xorazm qo’shig’i» (1964, M. Yusupov) va b.