Mushak sabzi, mushak 195

Mushak sabzi, mushak 195 — er- tapishar sabzi navi. O’zbekiston sabza- vot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. in-tida yaxshilangan mahalliy nav. 1947 y.dan r-nlashtirilgan. Barglari bo’zrang, ba’zan sarg’ish-yashil, qalin, mayin tukli. Sabzisi shakli kalta, uchi to’mtoq, barglarga yaqin kismi yashil, erga qadalib turgan qismi, eti va o’zagining rangi sariq. Uz. 8-13 sm, diametric 3,5—4,0 sm, o’zagi kichik, ingichka ser- suv. O’zbekistonda etishtiriladigan sariq sabzilar orasida eng shirini. VAZ- ni 30-43 g, quruq modda miqdori 14%, qand 11,9%. Hosildorligi 190-200 ts/ ga. Urug’i unib chiqqandan so’ng 85-95 kunda pishib etiladi. Noqulay obqavo sharoitida erkaklab ketishga moyil. O’zbekistonning barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan. Toshkent viloyatida ko’p ekiladi. Oziq-ovqat va konserva sanoa- tida ishlatiladi.