«Mushfiqiy»
«Mushfiqiy» — hajviy jur- nal. «Ovozi tojik» gaz.ga ilova tarzi- da Samarqand sh.da 2 haftada 1 marta chiqqan. Jur. dastlab 1926-29 y.larda «Mulla mushfiq» nomi b-n atalgan. 1930 y.da qayta tashkil etilib, «M.»nomi b-n 1937 y.gacha muntazam chiqib turgan. Jur. nomi forstojik tilida ijod qilgan bu- xorolik shoir Abdurrahmon Mushfiqiy (1525-88) nomi b-n bog’liq bo’lib, u li- rik she’rlar b-n birga xalqning tuznasi- basiga sherik bo’lgan, insofsiz, diyonat- siz, riyokor kishilarni fosh etuvchi icha- kuzdi she’rlar ham yozgan. Shuning uchun ham Mulla Mushfiqiy nomi tojik xalq latifalari qahramoniga aylanib ketgan. Jur.da, asosan, samarqandlik va Buxoro- lik tojikzabon yozuvchilarning hajviy asarlari bosilgan. Hoji Muin jur.ga mas’ul kotiblik qilgan.