Mushukko’z

Mushukko’z — mineral, 1) xrizoberillning qimmatbaho xili (tsimofan); 2) kvarsnit yashilroq, kulrang, och sariq rangli, asbest va boshqa tolali hamda ignasimon minerallar qo’shilgan xili. Ipaksimon tovlanadi. Qattiqligi 7; zichligi 2,6 g/sm3. Bezak toshlari siatida ishlatiladi. Sayqal berilganda yo’l-yo’l tovlanadi. O’zbekistonda hozircha topilmagan.