Mushukquyruq
Mushukquyruq (Alopecurus) — bug’doydoshlar oilasiga mansub ko’p yillik, ba’zan bir yillik o’simliklar turkumi. Boshoqlari bir gulli; mevasi — gul qipig’i bilan birga to’kiladigan doncha. 50 ga yaqin turi ma’lum. Ikkala yarim sharning mo»tadil va sovuq iqlimli mintaqalarida, tropik tog’li rayonlarda o’sadi. Ko’pchiligidan yem-xashak tayyorlanadi. O’rta Osiyoda yaylov mushuk quyrug’i vaxuppak ko’p tarqalgan.