MUSIQA TANLOVLARI VA FESTIVALLARI

MUSIQA TANLOVLARI VA FESTIVALLARI — xonanda, sozanda, kompozitor, bastakor, musiqa jamoa- lari va b.ning ijodiy musobakalari va kontsert tadbirlari. Odatda, oldin- dan e’lon qilingan shartlar asosida o’tkaziladi. Yunonistonda mil. AV. 590- y.larda paydo bo’lgan (Pifiya o’yinlari). Hoz. ko’rinishda 19-a.ning boshida yuzaga kelgan (1803, Parijdagi «nafis san’- atlar Akademiyam»). Ilk xalqaro musiqa tanlovi 1856 y. Bryus-Selda o’tkazilgan. Hozirda Amerika, Evropa va Osiyo mam- lakatlarida yuzlab xalqaro M.t. va f. muntazam ravishda o’tkazilmoqda. Ular- da bir qator O’zbekiston ijrochilari qatnashib g’alaba qozongan, o’zbek profes- sional musiqa ijrochiligi yutuklarini namoyon etishgan (usta olim Komilov, M. Qoriyoqu-bov, Tamaraxonim, T. Ja- lilov, A. Ismo-ilov (naychi), T. Alima — tov, B. Aliev, Q. Dadaev, A. Ismoilov (g’ijjakchi), O’. Rasulov, M. Yo’lchieva, N. Sattorova, S. Niyozov, A. Ibrohimov va b.). Evropacha ijrochilik tanlovlarida 3. Haknazarov, I. Jalilov, M. Toshma- tov, A. Sultonov, U. Polvonov, G. Ali- Mova va b., kompozitorlik ijodiyotiga oid ko’riktanlovlarda R. Abdullaev, S. Absalomov, D. Omonullaeva, M. Otajo- Nov, u. Musaev, D. Yanov-Yanovskiy va b. g’oliblikka erishgan. Sharq, jumladan, O’rta Osiyo xalq,lari madaniyatida M.t. va f. kddimdan rivojlanib, hozirgacha uzining an’anaviy shaklida saqlanib kelgan: mas, qozoq oqinlari, o’zbek Bax- shilari, qoraqalpoq jirovlari, qirg’iz manaschilarining aytis (Aytishuv)lari va b. O’zbekistonda 20-a.ning 2-yarmi- dan turli musiqachi va qo’shiqchilarning ko’pgina tanlovlari o’tkaziladi: mas, «San’at bayrami», «Marhabo, talant- lar!», xalq cholg’ulari, puflama va urma cholg’ular, an’anaviy ijrochilik va ba- stakorlar asarlari buyicha, baxshilar, to’ymarosim qo’shiqlari, folklor-etno- grafik ansambllari, «Alla» ijrochila- ri (2003 y.dan H. Oxunova nomida) Re- spublika tanlovlari va b. Ular ayniqsa mustaqillik davrida keng rivoj top- Di. O’zbekistonning barcha hududlarida o’tkaziladigan «qo’shiq bayrami» (1992 y.dan), yu. Rajabiy nomidagi maqom ij- rochilari (1983 y.dan, Toshkent), ma’- murjon Uzoqov nomidagi (1997 y.dan, Marg’ilon sh., 2001 y.dan J. Sultonov va M. Uzokrv nomida), F. Mamadali- eV va o. Yusupov nomidagi (2001 y.dan, Andijon), Hoji Abdulaziz Abdurasu- lov nomidagi (1997 y.dan, Samarqand), Komiljon Otaniyozov nomidagi (1997 y.dan, Xorazm) xonandalar tanlovlari va b. «Asrlar navosi» ko’hna milliy sozlar (tan-bursato, nay va dutor) ijrochilari- ning Respublika tanlovi (1998, Buxoro), «O’zbekiston — Vatanim manim» (1996, Toshkent), «yangi taronalar» milliy estrada qo’shiq va kuylari Respublika tanlovi (1998, Jizzax; 2002, Guliston); «Aziz ona yurtim navolari» milliy estrada qo’shiklari Respublika tanlo- VI, «Boysun bahori» xalqaro folklore jamoalari ochiq festivali (2002 y.dan, Boysun sh.) va b. Toshkentda 1995 y.dan Qar yili o’tkazilayotgan «Ilhom-XX» xalqaro za- monaviy musiqa, 1998 y.dan har ikki yilda o’tkazilayotgan xalqaro simfonik musiqa festivallari, 1997 y.dan har ikki yilda o’tkazilayotgan «Sharq tarona- lari» (Samarqand) xalqaro musiqa Fe- stivali doirasidagi ijrochilar tanlovi va musiqashunoslar anjumani ham jahon miqyosida tan olinmoqda.