Muskat

Muskat (Frans. muscat, lot. muscus) — 1) mushk hidini eslatadigan xushbo’y uzum navlari: Aleksandriya M.i, oq M., Venger M.i, VIR M.i, Gamburg M.i, Derbent M.i, Erevan va b. M.lar bor. M. yangi navlar hisobiga ko’payib bormoqda. M. orasida yuqori sifatli desert vinolar tayyorlanadigan va tur- li muddatda pishadigan navlari bor. Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, GFR, Belgiya, Buyuk Britaniya, Rossiyada keng tarqalgan. O’zbekistonda hoz. Uzbe- kiston usimlikshunoslik i.t. in-tida yaratilgan kechpishar xo’raki Uzbekiston M.i (Kattaqo’rg’on va Aleksandriya M.i na- vlarini chatishtirib chiqarilgan), VIR M.i (oq M. b-n gam-burg M.ini chatish- tirib chikarilgan), kahrabo M. (Qibray ertagi M.ini Sharq M.i. b-n chatishtirib chiqarilgan), shuningdek, qora, Venger, Aleksandriya, Gamburg M.i ko’p ekiladi; 2) uzumning M. navlaridan tayyorlanadi- gan desert nim shirin, shirin, li-kyorli, ba’zan ovkat ustida ichiladigan nim shi- rin vinolar. Tarkibida 13— 16% hajm spirt, 14-21 g/100 sm3 qand bor. Xush- ta’m. Oq, qora va pushti M. navli uzum- lardan jaxrnga mashhur eng yaxshi vino- lar tayyorlanadi.