Muskul qisqarishi
Muskul qisqarishi — nor- mal nerv impulsiga javoban muskul- ning kalta tortishi, muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri. Qisqarish muskulning kaltalanishi yoki taranglanishida namoyon bo’ladi. M.q., odatda, biror ish bajarilishini ta’- minlaydi. M.q.da miofibrillar tarki- biga kiruvchi oqsillar: miozin va aktin ishtirok etadi. M.q. chog’ida har ikki oqsil o’zaro ta’sir etib, aktomiozin kompleksini hosil qiladi. M.q. uchun zarur energiya, aktomiozin va adenozin- trifosfat kislotattt o’zaro ta’sirla- shuvidan yuzaga keladi. Bundan tashqari, muhitda ma’lum miqdorda kaltsiy ion- lari sa+2 bo’lgandagina M.q. ro’y beri- shi aniqlangan.