Musobek
Musobek (19-a.) — Buxoro Amir- ligining Rossiyaga yuborgan elchisi, miroxur, 1867 y. may oyi boshlarida Orenburgga kelgan va Rossiya b-n bo’lgan muzokaralarda qatnashgan. M. Buxoro amirligi b-n Rossiya o’rtasidagi chega- Rani 1866 y. sent.da Sirdaryoning so’l qirg’og’i bo’ylab belgilashni taklif qilgan. Birok, Rossiya O’ratepa va jiz- zaxdan ayrilib qolishni istamay, faqat Yangiqo’rg’onni berishga ko’ngan. Yangi bitimda tovon to’lash xdqida talab bo’lmagan. M. 1867 y. dek.da Toshkentga, K. P. Kaufman huzuriga kelib amirning ruslar talablariga rozi ekanligini bil- dirgan. M. 1868 y. martigacha Toshkentda bo’lgan, uni mahalliy aholi va rus ar- miyasida xizmat qiluvchi musulmonlarni ruslarga qarshi kurashga da’vat etgan- likda ayblashgan. Rossiya Kattaqo’rg’onni bosib olgach (1867), M. Amir elchisi sifa- tida 10 iyunda ruslar b-n muzokara olib borish uchun Samarqandga kelgan. Amir taxtdan voz kechishini, Makkaga, hajga borishga ruxsat olish uchun imperator b-n uchrashmoqchi ekanligini bildirgan. Bi- rok, Buxoro amirligini tugatishni Ros- siya rejalashtirmagandi. Shuning uchun amirlik saklab qolinib, og’ir shartlar asosida bitim imzolangan.