Musodara

Musodara — shaxsga tegishli mul- kni pul to’lamasdan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga o’tkazish. Mulk uning egasidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda jinoyat yoki o’zga huquqbuzarlik uchun sud qaroriga muvofiq olinadi va bahosi belgilanib, M. qilinadi, O’zbekiston Respublikasida mahkumning mulkini M. qilish jazosi 2001 y. avg.da bekor qilingan (JK, 53modda). Pekin jinoyat yo’li b-n orttirilgan yoki jinoyat sodir etish vositasi bo’lgan mulk, albat- ta, M. qilinadi (JPK, 211modda). Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki buyumi tuman (shahar) sudyasi, ba’zi hollarda — bojxona va soliq organlari tomonidan M. qilinadi (O’zbekiston Respublikasi, MJK, 27mod- da). Jumladan, bojxona nazorati chog’ida topilgan huquqbuzarlik ashyolari, trans- port vositasi olib qo’yilib, baholanadi va sudya yoxud bojxona organining bosh- liklari tomonidan M. qilinadi (bojxo- na kodeksi, 186modda).