Musrepov G’abit Mahmudovich
Musrepov G’abit Mahmudovich [1902.9(22).3 — Qozog’iston, Kustanay viloyati — 1985, Olmaota] — qozoq adibi va jamoat arbobi, Krzog’iston FA akad. (1958). Ijodi 20-y.larning o’rtalarida boshlangan. Ilk hikoya va ocherklari, «Girdob» (1928) qissasi fuqarolar uru- shi haqida. M. 30-y.larda dramatik asar- lar yaratdi. «Qiz-Jibek» (1934), «Omon- geldi» (hamkorlikda, 1936), «qo’zi ko’r- pesh va bayan suluv» (1939), «Okon-Seri va oq-tuqti yoki shoir fojiasi» (1942) kabi sahna asarlari mashhur. «Qozoq soldati» (1949), «uyg’ongan o’lka» (1953) romanlari yozuvchiga katta Shuhrat keltir- gan. «Onaning jasorati» (1958), «Dovon- da» (1965), «bir kun va bir umr» (1967), «Yillarimiz hikoyalari» (1979) singari hikoya va qissalar to’plamlariga kirgan asarlarida, «uchrashmay ketgan bir siy- mo» (1970) nasriy dostonida qozoq xalqi hayotining turli bosqichlari haqqoniy tasvirlangan. «Hikoyalar» (1961), «Qissa va hiko-yalar» (1970) to’plamlari, «qozoq soldati» romani (1962) o’zbek tiliga tar- jima qilingan.