Musson
Musson (arabcha mavsum so`zidan) — qishda quruqlikdan dengizga, yozda dengizdan quruqlikka tomon esadigan shamollar. Musson quruqlik bilan dengizning bir xil isimasligi oqibatida havo bosimining farq qilishidan paydo bo`ladi. Suv quruqlikka qaraganda sekin isib sekin soviydi, shuning uchun yozda quruqlik ustidagi havoga nisbatan dengiz ustida havo harorati past, bosim esa yuqori bo`ladi, shuning uchun shamol dengizdan quruqlikka qarab esadi. Qishda esa, aksincha, quruqlik tez sovib ketadi, quruqlik ustida harorati past, bosim esa yuqori bo`ladi, shuning uchun shamol quruqlikdan, dengizga tomon esadi. Musson aksari tropik va mo`tadil mintasalarda kuzatiladi.