MUSTABID TUZUM
MUSTABID TUZUM — davlatni idora etish shakllaridan biri, mutlaq hokimiyatga ega bo’lgan siyosiy tuzum. Bunday tuzum sharoitida ishlab chiqaruvchilar, fuqarolar mulkdan, jamiyatni idora etishdan, madaniyatdan bebahra qilinadi. Bu ma‘muriy buyruqbozlik usulidir. Bunday tuzumda ilm-fan siyosat dasturiga aylanib qoladi. Ikkinchidan, bozorsiz ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodi tashkil etiladi.