MUSTAQILLIK DEKLARASIYASI

MUSTAQILLIK DEKLARASIYASI (1990 y. 20 iyun) — O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasi- da qabul qilingan. U O’zbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam bo’ldi. M.D.da «O’zbekiston Sovet so- tsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’- minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O’zbekistonning kelajagi uchun tari- xiy mas’uliyatni chu-qur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbasha- riy qadriyatlarga va demokratiya prin- tsiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sosialistik Respublikasining davlat mu-staqilligini e’lon qiladi», deb yozib qo’yilgandi. Ana shu hujjat aso- sida O’zbekistonning iqtisodiy va si- yosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi va 1991 y. 31 avg.da «O’zbekiston Respublikasi- ning Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» qonun qabul qilindi (yana q. Mustaqillik).