«MUSTAQILLIK» ORDENI
«MUSTAQILLIK» ORDENI -O’zRning davlat mukofotlaridan biri. Bu orden b-n O’zR fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga qo’shgan ul- Kan hissalari uchun mukofotlanadilar. Ayrim hollarda O’zR fuqarosi bo’lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 1994 y. 5 maydagi O’zR qonuni b-n ta’sis etilgan. Orden 1 mikron qalinlikda ol- tin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanib, ikki yon bag’ridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musam- man ko’rinishida. Ordenning markazida mustaqillik ramzi bo’lgan Xumo kushi kumush rangda tasvirlangan. «M.»o. ko’krakning o’ng tomoniga taqiladi. Bu orden b-n marhum adiblar Abdulla Qodiriy (1994), Cho’lpon (1999), O’zR Pre- zidenti Islom Karimov (1996) mukofot- langan.