Mustelinum

Mustelinum g’o’zasi (Gossypium mustelinum Miers ex Watt.) — yov- voyi g’o’za turi. Genomi (AD)4, xromo- somalar soni 2p=52. Birinchi marta Gardner ta’riflab bergan (1888). Jan. Brazili-yaningtog’li joylarida uchray- Di. M.G’. ko’p yillik, o’suv shoxlari kuch- li rivojlangan, juda kalta tuklar b-n qoplangan buta. Hosil shoxlari kalta, 2-3 bo’g’imli. barglari yashil, yirik, barg plastinkasi 3 ta, tuxumsimon-uch- burchak, uchi nishtarsimon, bo’lakchali; tomir bezlari yirik, och yashil. Gullari o’rtacha kattalikda. Gulyonbarglari may- da, uzun, ensiz shokilali. Ko’saklari mayda, tu-xumsimon. Uchi o’tkir, uch cha- nokli, sirti g’adir-budur chuqurchali. Chigitlari mayda (0,5—0,8 mm), yashil qo’ng’ir tuklar b-n qoplangan, sertuk, qobig’i toshdek qattiq. Tolasi siyrak, kalta, may-in, qo’ng’ir rang. M.G’. fotodavr o’zgarishlariga juda ta’sirchan, u fakat kiska kundagina gullashi mumkin. Abdumavlon Abdullaev.