Mustovfiy, Mustavfiy
Mustovfiy, Mustavfiy (arabcha)-saroy mansabi: 1) G’aznaviylar davlatida moliya devonida kirim-chiqim, pul va boshqa qimmatbaho boyliklarni hisobga olish bilan shug’ullanuvchi amaldor; 2) Xorazmshohlar davlatida viloyat moliya organi (devon al-istifo’) rahbari, moliya maslahatchisi, viloyat boshqaruv organ a’zosi; 3) Buxoroda Ashtarxoniylar davlat mablag’larining kirim-chiqimi ishlari bo’yicha mutasaddi amaldor.