Mutagenez

Mutagenez (mutasiya va … genez) — fizik, kimyoviy mutagenlar ta’sirida sun’iy mutasiya olish. Mutasiya keltirib chiqaradigan omillarni mutagenlar dey- iladi. Mutagenlar muta-tsiyalarni tez- lashtiradi (q. Mutasiya). Mutagen omil- lar fizik (ionlovchi nurlar, roentgen nurlari, protonlar, neytronlar, Ultra- binafsha nurlar, yuqori va past harorat), kimyoviy (pe-stisidlar, gerbitsidlar), biologik (parazit organizmlarning hayot mahsulotlari, toksinlar) bo’lishi mum- kin. M.dan selektsiyada qayvon, o’simlik va mikroorganizmlarning yangi zot, nav va shtammlarini, foydalaniladigan mu- tantlarni olishda foydalaniladi (yana q. Mutant, Mutagenlar).