Mutant

Mutant — mutasiya natijasida or- ganizmning irsiy o’zgargan formasi. M. tabiiy yoki mutagenlar ta’sirida paydo bo’lishi mumkin. Aksariyat M. boshlang’ich organizmlar (yovvoyi formalar)dan tur- li xil strukturaviy tuzilishi, funk- tsiyasining buzilishi va ko’p hollarda hayotchanligi pasayishi b-n farq qiladi. Ayrim hollarda odatdagi muhit sharoi- tida ham (shu jumladan, sun’iy tanlash jarayonida) qimmatli xo’jalik belgi- lari bo’yicha selektiv ustunlikka ega bo’lgan M.lar paydo bo’ladi. Bunday M. o’simliklarning boshqa navlari, xay- vonlarning yangi zotlari va mikroor- ganizmlarning yangi shtammlarini yara- tishda keng qo’llanadi. Genetikada M.dan mutasi-on jarayon krnuniyatlari, genetic AP-paratning ishlashi yoki har xil mod- dalar biosintezi yo’llarini o’rganishda foydalaniladi. M.lar tabiiy tanlanish uchun boshlang’ich material berishi tu- fayli organizmlar evolyusiyasida muhim ahamiyatga ega.