Mutasion nazariya

Mutasion nazariya — nasldan- naslga beriladigan uzilishli (diskret) o’zgaruvchanlikni tan oluvchi nazariya. Gollandiyalik botanik X. De Friz to- monidan ishlab chiqilgan (1901-03). M.n.ning asosiy xossalari: mutasiya oraliq formalarsiz to’satdan paydo bo’ladi; formalar butunlay konstant, ya’ni barqaror; mutasiyalar si-Fat o’zgarishlar bo’lib, uzluksiz qatorlar hosil qilmasligi va o’rtacha tip (moda) atrofida guruxlanmasligi b-n irsiy- lanmaydigan o’zgarishlar (fluktasiya- lar)dan farq qiladi; mutasiyalar turli yo’nalishda sodir bo’ladi, ular foydali va zararli bo’lishi; aynan bir mutasiya- ning o’zi qayta takrorlanishi mumkin. De Friz M.n.ni tabiiy tanlanish na- zariyasiga qarshi qo’yib, mutasiyalar tufayli tabiiy tanlanishning ishti- roKisiz birdaniga yangi turlar paydo bo’ladi, degan noto’g’ri xulosaga kelgan. Haqiqatda esa mutasion o’zgaruvchanlik kombinativ o’zgaruvchanlik b-n bir qatorda evolyusion jara-yonda yangi tur- larning shakllanishiga olib keladigan tabiiy tanlanish uchun material beradi. Keyinchalik De Frizning xatosi u eks- periment o’tkazgan enotera (Oenothera Iamarkina) o’simligining murakkab poli- geterozigota (q. Geterozigota) ekanligi, De Friz mutasiya sifatida qabul qilgan o’zgarishlar esa ana shu geterozigotanng ajralishi b-n bog’liqligi aniqlandi. Shunday bo’lsada, keyinchalik mutasion o’zgaruvchanlikning mavjudligi ko’plab tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlandi va M.n.ning asosiy g’oyalari yanada rivoj- lanib, tajribalarda o’z isbotini topdi (q. Mutasiya).