MUTASIONIZM

MUTASIONIZM — yirik o’zgarishlar tufayli evolyusiyani sakrash yo’li b-n sodir bo’ladigan jarayon sifa- tida qaraydigan biol.dagi kontsepsiya. M.ning asoschisi evolyusiyaning muta- tsion nazariyasini yaratgan X. De Friz hisoblanadi. M.ga binoan makromuta- tsiyalar yoki saltasiyalar deb atalgan yirik o’zgarishlar boshlang’ich tur indi- vidlarida vujudga kelib, yangi hayotiy formalarni hosil qiladi. Bu formalar muhitning qulay sharoitlarida yangi turlarning boshlang’ich manbai sifati- da namoyon bo’ladi. M. irsiy o’zgarishni evolyusiyaning harakatla-nuvchi bosh kuchi sifatida tan oladi; tabiiy tanlanish- ning vazifasi mutasiya tufayli vujudga kelgan turlarni saqlab qolib, muhit sha- roitiga mos kelmaydiganlarini nobud etishdan iborat, deb hisoblaydi. Bunday dunyoqarashlar preadaptasion (L. Keno va Ch. Devenpor), saltasion (R. Gol- dshmidt), gibridogenez (ya. Lotsi) kabi nazariyalarning ham asosini tashkil eta- Di.