Mutatsiyalar haqidagi nazariya

Mutatsiyalar haqidagi nazariya — organizmlarning o’zgaruvchanlik xususiyati bilan bog’liq nazariya. 20- asr boshlarida golland olimi Х. Ое Friz yaratgan. Uning fikricha uzuluksiz va uzlukli (diskret) o’zgaruvchanlikdan faqat bittasi — uzlukli o’zgaruvchanlik nasldan-naslga o’tishi mumkin. Вu nazariyaga muvofiq mutatsiyalar keskin, to’satdan vujudga keladi. Mutant shakllaг barqarordir. Mutatsiyalar foydali yoki zararli bo’lishi mumkin. Bu nazariyaning salbiy tomoni tabiiy tanlanishni inkor etishidir.