Mutlaq geologik yosh

Mutlaq geologik yosh — tog’ jinslarining yoshi, vaqtning mutlaq birligida ifodalanadi; mineral tarkibidagi radioaktiv elementlar (uran, toriy, kaliy, rubidiy va boshqalar)ning parchalanishini o’rganish asosida aniqlanadi. Odatda million yillar bilan hisoblanadi. Yoshni aniqlash hozirgi vaqtdan o’tmishga qarab olib boriladi. Aniq natija olish uchun tanlab olingan minerallar toza, aralashmalarsiz va nurashga uchramagan bo’lishi kerak.