Mutlaq qora jism

Mutlaq qora jism — har qanday t-Rada o’ziga tushayotgan barcha nurlanishlarni (to’lqin uzunligidan qat’i nazar) yuta oladigan jism; yutish krbiliyati birga teng. M.q.j. nurlatgan yorug’likning spektral tarkibi va Energi- yasi faqat shu jism t-rasi b-n aniqlanadi, ammo uning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lmaydi. M.k, j. tabiatda mavjud emas, uni faqat sun’iy yo’l b-n hosil qilish mumkin. Buning uchun ichi kovak, no-shaffof jism biror aniqtragacha qizdiriladi. Teshik A dan jism kovagi S ga kirgan har qanday nur S ichki de- vordan ko’p marta kaytishi natijasida to’liq yutiladi, orqaga qaytib chiqmaydi (rasmga q.). Yuqorida ko’rsatilgan tarz- da biror t-ragacha qizdirilgan jism- ning teshigidan chiqayotgan nurlanishni M.q.j.ning nurlanishi deyish mumkin. M.q.j. qonunlari jismlarning xossala- rini aniqlashga imkon beradi va muhim ilmiy va amaliy ahami-yatga ega. Mac, M.q.j.ning Plank nurlanish qonuni energiya kvantlari haqidagi g’oyani ilga- ri surdi. Bu esa, o’z navbatida, kvant me- xanikaga asos soldi.