Muz kesgich
Muz kesgich – ko’prik va to’g’onlar tayanchlariga alohida mahkamlanuvchi konstruksiya yoki qurilma, u ko’prik va to’g’onlarni muz ta’sirida shikastlanishdan himoya qiladi. Muz keskichlar katta o’lchamli muz bo’laklari zarbalarini o’ziga qabul qiladi va muz bo’laklarini sindiradi, singan muz bo’laklarini ko’prik (to’g’on) tayanchlari orasiga yo’naltiradi.